
Belarus chempionati 26-turida “Energetik-BGU” o‘z maydonida “Belshina”ni qabul qilib, 3:1 hisobida g‘alabaga erishdi. Bahsda dublni rasmiylashtirgan Bobir Abdixoliqov joriy mavsum milliy birinchilikdagi gollari sonini 23 taga yetkazib olgan holda musobaqada yaqqol to‘purarlik qilmoqda.
Shuningdek, 25 yoshli forvard Oltin butsa 2022/23 yilgi mavsum uchun ro‘yxatda kuchli uchlikka qaytishga erishdi. Undan oldinda esa “Man Siti” forvardi Erling Xoland (30 ochko, 2 koef.) va “Budyo-Glimt” vingeri Amal Pellegrino (34,5 ochko, 1,5 koef.) bormoqda.

O‘zbekistonlik hujumchi Belarus Oliy Ligasida bir mavsum davomida gol urish bo‘yicha Valeriy Stripykisni ortda qoldirib, 5-o‘ringa ko‘tarildi.
1. Andrey Xlebosolov - 34 (1996, "Belshina", Belarus)
2. Roman Vasilyuk - 31 (2000, "Slaviya", Belarus).
3. Sergey Davidov - 25 (2001, "Neman", Rossiya)
4. Roman Vasilyuk - 24 (2007, "Gomel", Belarus)
5. Bobir Abdixoliqov - 23 (2022, "Energetik-BGU", O‘zbekiston)
“Energetik-BGU” chempionat yakuniga qadar yana beshta uchrashuv o‘tkazadi. Minskliklarni oldinda 24 oktabr kuni safarda autsayder bo‘lib turgan “Dnepr Mogilev”ga qarshi bahs kutmoqda. Jamoa hozirda turnir jadvalida Yevropa Ligasi kvalifikatsiyasiga yo‘llanma beruvchi 3-o‘rinda bormoqda. Peshqadam “Shaxtyor Soligorsk” bilan oradagi farq esa atigi bir ochkoni tashkil etmoqda.

Muallif: Eldor Akmurzayev
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar