
Birlashgan Arabi Amirliklarining Abu-Dabi shahrida UFC 280 turniri o‘tkazilmoqda. O‘zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodov UFC 280 musobaqasida navbatdagi jangini o‘tkazdi.
Murodovga Braziliya vakili Kayo Borralyo raqiblik qildi. Jangning dastlabki raundi teng kurashlar ostida kechdi. Ikkinchi raundda Murodov faolroq harakat qildi. Uchinchi raundda esa Borralyo katta ustunlikka erishdi va g‘alaba qozondi.
Shu tariqa Murodov UFC’dagi beshinchi jangida mag‘lubiyatga uchradi.
Ma’lumot uchun, Murodov UFC’dagi debyut jangida italiyalik Alessio di Kirikoni ochkolar hisobiga ko‘ra, ikkinchi jangida Trevor Smitni uchinchi raundda nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgan. Uchinchi jangida Mahmud Endyu Sanchesni nokautga uchratgandi. Bundan avvalgi jangda esa Jerald Mirshertga imkoniyatni boy bergandi.
Birlashgan Arabi AmirliklarAbu-Dabi shahriUFC 280Mahmud MurodovKayo BorralyoJang natijalari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar