
UFC jangchilari Abubakar Nurmagamedov hamda Xamzat Chimayev o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘ldi. Bu haqda "Sport-Ekspress" nashri xabar bermoqda.
UFC 280 turnir markaziy jangida Islom Maxachev Charlz Oliveyrani mag‘lub etib, yengil vazn toifasida yangi chempionga aylandi. Sportchilarni taqdirlash vaqtida oktagon tashqarisida UFC'ning yana bir jangchisi Xamzat Chimayev va Abubakar Nurmagamedov o‘rtasida suhbat bo‘lib o‘tdi va jarayon to‘satdan mushtlashuvga aylanib ketdi. Shundan so‘ng xavfsizlik xizmati sportchilarni ajratdi.
UFC JangchilariAbubakar NurmagamedovXamzat ChimayevIslom MaxachevCharlz OliveyraniMushtlashuv Sodir Bo‘ldi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar