
Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining 5-turi doirasidagi qator uchrashuvlar 25 oktabr kuni bo‘lib o‘tdi.
E guruhida «Zalsburg»ni mag‘lubiyatga uchratgan «Chelsi» muddatidan avval birinchi o‘rinni olib, guruhdan chiqdi.
O‘tgan turda pley-off masalasini hal qilgan «Manchester Siti» mazkur turda birinchi o‘rinni naqd qilib qo‘ydi. G guruhining yana bir vakili «Borussiya D» esa ikkinchi yo‘llanma egasiga aylandi.
H guruhida «PSJ» va «Benfika» guruhdan chiqishni uddaladi. «Yuventus» esa 2013/14 yilgi mavsumdan beri ilk bor YECHL pley-offiga yo‘l ololmadi.
Shu tariqa Chempionlar Ligasi pley-off bosqichiga yo‘l olgan jamoalar soni 9 taga yetdi. Avvalroq «Napoli», «Real», «Bavariya» va «Bryugge» guruh masalasini muvaffaqiyatli hal qilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar