
Avval xabar berganimizdek, o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov “Fischer Random World Championship-2022” musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Iste’dodli shaxmatchimiz bugun yarim finalda AQSH vakili hisoblangan Xikaru Nakamuraga qarshi dona suradi. Ushbu bahs bugun Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.
Ushbu qarama-qarshilikni chess24.com sayti orqali jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqaning ikkinchi yarim final bahsida norvegiyalik Magnus Karlsen rossiyalik Yan Nepomnyashiyga qarshi o‘ynaydi.
Ma’lumot uchun, “Fischer Random World Championship-2022” musobaqasining umumiy sovrin jamg‘armasi 400 ming AQSH dollarini tashkil qiladi. Unda kuchli 8 talikka kirgan shaxmatchilar quyidagicha mukofotlanadi:
1-o‘rin: 150.000$
2-o‘rin: 85.000$
3-o‘rin: 55.000$
4-o‘rin: 40.000$
5-o‘rin: 25.000$
6-o‘rin: 20.000$
7-o‘rin: 15.000$
8-o‘rin: 10.000$
Nodirbek AbdusattorovFischer RandomChess24Musobaqa 2022AQSH VakiliShaxmat Bahsi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar