O‘zbekiston kubogi finalidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Nasaf" o‘yini yakuniga yetdi. Asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlandi. Qo‘shimcha taymlarda esa nominal mehmonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Qarshi klubi safida gollarga Akmal Mozgovoy va Mateus Lima Kruz mualliflik qildi. Namanganliklarning goli Doniyor Abdumannopov nomiga qayd etildi.
Bellashuvdan so‘ng qarshiliklarning braziliyalik legioneri Mateus Lima Kruz o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
- Bugungi bahs ajoyib tarzda o‘tdi. Fantastik bellashuv guvohi bo‘ldik. Yakunda g‘alabani qo‘lga kirita olganimdan xursandman. Men uchun bugungi bahs hayotimdagi eng yaxshilaridan biri bo‘ldi. Sababi, bu kabi sovrinlarni yutish insonga faxr tuyg‘usini beradi.
- Ilk daqiqadan boshlab yakdillik bilan harakat qildik va o‘yinni oxirigacha shu tempni saqlab qolishga intildik. "Nasaf" o‘tgan yili ham bu sovrinni qo‘lga kiritgan ekan. Umuman olganda, sovrin yutish yoqimli jarayon. Shu tufayli g‘alaba qozonganimizdan juda ham xursandman.
- Gol nishonlashingiz Messi yoki Ronalduga havas qilganingizdanmi?
- Bu shunchaki o‘yin payti kelib chiqqan hissiyot. Buni hech kimdan o‘rganganim yo‘q. O‘zim havas qiladigan futbolchi Messi yoki Ronaldu emas. Men uchun eng yaxshisi braziliyalik Ronaldo. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi