
Rossiyaning Metaratings.ru sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, "Navbahor" va O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Rustam Ashurmatov faoliyatini "Rubin"da davom ettiradi.
Futbolchi qozonliklar bilan 3,5 yillik shartnoma imzoladi. Ashurmatov yangi klubi safiga qishda erkin agent maqomida borib qo‘shiladi.

Rustam joriy mavsum 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va bitta golga assistentlik qilgan. 26 yoshli fulbek o‘z vaqtida "Kvanju", "Kanvon" va "Bunyodkor" jamoalari sharafini himoya qilgan.
Leonid Slutskiy boshchiligidagi "Rubin" Birinchi Ligada 16-turdan keyin 27 ochko bilan turnir jadvalida 5-o‘rinda bormoqda.
NavbahorO‘zbekistonRustam AshurmatovRubin klubiFutbolchi faoliyatiBirinchi Liga O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar