
Chorshanba kuni Chempionlar ligasining guruh bosqichi yakunlandi: pley-offda ishtirok etuvchi barcha 16 jamoaning nomi ma’lum bo‘ldi.
Turnirning navbatdagi bosqichiga qura tashlash marosimi 7 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. 1/8 finalda bir mamlakat vakili yoki Chempionlar ligasi guruh bosqichida o‘ynagan klublar to‘qnash kelmaydi.
Birmingemda joylashgan "SuperJohn" superkompyuteri Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichiga qur’a tashlash natijalarini bashorat qildi.
Unga ko‘ra, mazkur bosqichda quyidagi jamoalar to‘qnash kelishi mumkin:
"Napoli" - PSJ
"Real" Madrid - "Ayntraxt"
"Chelsi" - "Leypsig"
"Portu" - "Milan"
"Man Siti" - "Inter"
"Bavariya" - "Bryugge"
"Tottenxem" - "Borussiya" Dortmund
"Benfika" - "Liverpul"
Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasi 1/8 finalining dastlabki o‘yinlari 14/15 hamda 21/22 fevral kunlariga, javob bahslari esa 7/8 va 14/15 mart kunlariga belgilangan.
Chempionlar LigasiSuperkompyuter/8 FinalQura TashlashJamoalar ToqnashMamlakat Vakili O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar