
Bugun, 7 noyabr kuni UYEFAning Nondagi qarorgohida Yevropa ligasida 1/8 finalga o‘tish o‘yinlariga qur’a tashlandi.
Qur’ada Yevropa ligasi guruh bosqichida 2-o‘rinni egallagan 8 jamoa va Chempionlar ligasi guruh bosqichida 3-o‘rinni egallagan 8 klub ishtirok etdi.
Bosqichning markaziy o‘yini «Barselona» va «Manchester Yunayted» o‘rtasida o‘tadi. Barcha jutfliklar bilan tanishing.
Yevropa ligasi o‘tish o‘yinlari juftliklari:
1. «Barselona» – «Manchester Yunayted»
2. «Yuventus» – «Nant»
3. «Sporting» – «Midtyulland»
4. «Shaxter» – «Renn»
5. «Ayaks» – «Union»
6. «Bayer» – «Monako»
7. «Sevilya» – PSV
8. «Red Bull Zalsburg» – «Roma»

Jamoalar odatdagidek uyda va safarda to‘p surib, 1/8 final yo‘llanmasi g‘olibini aniqlaydi. Yevropa ligasi klublari javob uchrashuvini o‘z maydonlarida o‘tkazishadi.
O‘tish bahslarining dastlabki o‘yinlari 16 kuni, javob o‘yinlari esa 23 fevralda o‘tkaziladi. G‘olib jamoa 1/8 final bosqichiga yo‘llanma olib, guruh g‘oliblariga qarshi maydonga tushadi.
Yevropa LigasiO‘tish O‘yinlariBarselona Manchester YunaytedYuventus NantSporting MidtyullandShaxter RennAyaks UnionBayer MonakoSevilya PSVRed Bull Zalsburg Roma O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar