"Paxtakor" - "Qizilqum" uchrashuvidan (6:0) so‘ng "sherlar" ustozi Maksim Shatskix matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlar savollariga javob berdi.
- 6:0. Yana bir nechta gol ura olardik. Juda yaxshi o‘yin namoyish etdik. Raqibda bor-yo‘g‘i bitta zarba bo‘ldi. Birinchi bo‘limning o‘zidayoq o‘yin masalasini hal qilsak bo‘lardi. Ikkinchi taymda nima ustida ishlayotganimizni ko‘rsatib qo‘ydik.
- Maksim Shatskix kelganidan so‘ng Abbos Fayzullayev yanada "ochildi", uning qaysi jihatlari ustida ishladingiz?
- Menimcha, bizgacha u zaxira futbolchisi edi. Keyin asosiy tarkib futbolchisi bo‘lish imkoniyati paydo bo‘ldi va men unga bu imkoniyatdan foydalanish kerakligini aytdim. Ayni damda unga nisbatan hech qanday savollar yo‘q. Talablarni bajarayotgan futbolchi maydonda o‘ynayveradi.
- Bunday futbolchilar tez ko‘zga tashlanadi va agent hamda skautlar e’tiborida bo‘ladi. Fayzullayevni qishda yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqmaysizmi?
- Abbosning yana bir yillik shartnomasi bor. Albatta, bitimni uzaytiramiz. Agentlar nima o‘ylayotganini bilmayman. Ular ham aqlli odamlar. Faqat "Paxtakor"dangina kuchli chempionat yoki jamoaga ketish mumkin. Liga yakunlanganidan so‘ng barchasini o‘ylab, hal qilib, qishki yig‘inlarda kim ishtirok etishini aniqlab olamiz.
- "Nasaf" "Neftchi"ga mag‘lub bo‘ldi. So‘nggi turda "Paxtakor" chempionga aylanishi mumkin. Oxirgi turda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Jamoangiz imkoniyatlarini qanday baholaysiz?
- So‘nggi 4-5ta turdan beri vaziyat shunday. Asosiysi - hammasi o‘z qo‘limizda. Endi "Bunyodkor"ni qanday mag‘lub etish haqida o‘ylaymiz.
- "Bunyodkor"ga Boshkovich kelganidan so‘ng jamoa o‘yinida o‘zgarish ro‘y berdi. "Qaldirg‘ochlar" "Paxtakor"ga jiddiy muammolar tug‘dirishi mumkin.
- Vaqti kelsa o‘ylab ko‘ramiz, hammasini tahlil qilib chiqamiz. Ayni damda futbolchilar tiklanishiga e’tibor qaratamiz. Navbatdagi o‘yinga har doimgidek tayyorgarlik ko‘ramiz. Baribir o‘z uslubimizda o‘ynaymiz. "Bunyodkor"ni o‘rganib chiqib, kerakli xulosalar qilamiz.
- "Paxtakor"ga kelganingizda quyidagi gaplarni aytgan edingiz: "Futbolchilarimni FIFA kunlaridan boshqa paytda bezovta qilmang". Biroq bunday bo‘lmayapti. Masalan, yaqindagina Janubiy Koreya yoshlar terma jamoasiga qarshi bahsda "sherlar" futbolchilari terma jamoaga jalb etildi. O‘sha bahsda maydonga tushgan Behruz Asqarov bugun ham o‘ynadi.
- Men bosh murabbiy bilan gaplashdim. U ko‘proq futbolchi so‘ragan edi, ammo kelishuvga erisha oldik. Bu vaziyatda Behruz hozircha asosiy tarkib futbolchisi emas. Asqarov ikkita bahsda ishtirok etgani yaxshiroq deb hisobladim. Janubiy Koreyaga qarshi bahs u uchun katta tajriba bo‘ldi deb o‘ylayman. Ertaga ular yana o‘ynar ekan. U maydonga tushadimi, yo‘qmi, bilmayman. Qarorni terma jamoa ustozi qabul qiladi. Bugun 20 daqiqa o‘ynadi. 9 noyabrda esa u "Paxtakor"ga qaytadi. Bu yoshda ko‘p bahsda ishtirok etish qo‘rqinchli emas. Haliyam aytgan fikrimda qolaman. Chunki terma jamoada mashg‘ulot jarayoni bo‘lmaydi, klubda esa aksincha. Yoshlar uchun esa bu eng muhimi. Shu sababli klubda shug‘ullanayotgan yoshlar tezroq professionalga aylanishadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi