09:05 / 08.11.2022
1 174

Nikola Lazarevich: "So‘g‘diyona" bilan o‘yin men uchun "Qizilqum"dagi so‘nggisi bo‘ladi"

Nikola Lazarevich: "So‘g‘diyona" bilan o‘yin men uchun "Qizilqum"dagi so‘nggisi bo‘ladi"
"Paxtakor" - "Qizilqum" uchrashuvidan (6:0) so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Nikola Lazarevich fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Himoyamizdagi xatolar qimmatga tushdi. O‘yinga boshqacha tayyorgarlik ko‘rgandik. Goldan keyin raqib tezda ikkinchi golni urdi. Yigitlar ruhiy jihatdan «cho‘kishdi». 2-3ta golni individual xatolar sabab o‘tkazib yubordik. «Paxtakor» jamoasida daraja va sifat yuqori. Futbolchilarning darajasi o‘z so‘zini aytdi. Kuchli to‘rtlikda borayotgan jamoalar haqiqatdan ham yuqori o‘rinlarga munosiblar. Buni mavsum davomida ko‘rdik. «Paxtakor» chempion jamoa. Tarkibida yaxshi futbolchilar bor. Bizda bir nechta yo‘qotishlar borligi uchun qiyin bo‘lishini bilardik Deylik, Bobur Yo‘ldoshev, Aleksandar Stanislavlevich, Shon Pol Komolafe yordam bera olishmadi", - dedi "Qizilqum" bosh murabbiyi.

- «Qizilqum» tarkibida tajribali ijrochilar yig‘ilgan. Ular professional futbolchilardir. Lekin bugun maydonda bunday darajadagi o‘yinchilarni ko‘rmadik. Balki mavsum oxiri bo‘lgani uchun allaqachon ketishni o‘ylashayotgandir?
- Balki, bo‘lishi mumkindir. Futbolchilarning o‘z vazifalari bor. To‘g‘ri aytdingiz, yigitlar tajribali. Ammo bir narsani aytish kerakki, bu jamoani men yig‘maganman. Agar jamoani o‘zim yig‘ganimda boshqa gap edi. Yozgi transferlar oynasida ham tarkibni kuchaytira olganimiz yo‘q. Aksariyat jamoalar yozda kuchayishga erishdi. Biz seleksiyada faol bo‘lmadik.

- Oxirgi chiqqan xabarlarga ko‘ra, Nikola Lazarevich «Qizilqum»ni tark etadi va Superliga jamoalaridan birida ish boshlaydi.
- Men bu haqida rahbariyatga aytganman. «Surxon» bilan o‘yindan so‘ng iste’fo berishimni ta’kidladim. Ketishni istadim. Ammo mavsum oxirigacha qoldim. «So‘g‘diyona» bilan o‘yin men uchun «Qizilqum»dagi oxirgisi bo‘ladi.

- So‘nggi tur oldidan jamoani ruhan tiklash qiyin bo‘lmaydimi? Balki yoshlarni tushirarsiz?
- Qo‘limizdan kelganicha tiklashga harakat qilamiz. Hammasi yigitlarning o‘ziga bog‘liq. Ular o‘z vazifalarini bajarishni istasa, oxirgi turga har tomonlama tayyorlana olishadi.

- AGMK bilan o‘yidan oldin jamoadan ketishingiz haqida gaplar chiqqandi. Bu rostmi?
- «Navbahor», «Metallurg»ga qarshi o‘yinlardan so‘ng ketishni istagandim. «Surxon» bilan uchrashuvdan keyin esa qarorim yuz foiz aniq edi. Nima bo‘lganda ham «Qizilqum»ga omad tilayman. Menga esa faoliyatimda yangi chaqiruv va restart zarur.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nikola Lazarevich: "So‘g‘diyona" bilan o‘yin men uchun "Qizilqum"dagi so‘nggisi bo‘ladi"