20:11 / 09.11.2022
1 593

Chempionat kubogi "Paxtakor", "Navbahor" va "Nasaf" ishtirokidagi o‘yinlarga olib boriladi

Chempionat kubogi "Paxtakor", "Navbahor" va "Nasaf" ishtirokidagi o‘yinlarga olib boriladi
Coca Cola Superligasining 2022 yilgi mavsumdagi chempioni nomi 12 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan so‘nggi — 26-turda aniq bo‘ladi. Ayni vaqtda "Paxtakor", "Navbahor" va "Nasaf" klublari oltin medallar uchun kurash olib borishyapti.

Musobaqaning maxsus chempionlik kubogi kimga nasib qilishi ma’lum bo‘lmasa-da, da’vogar jamoalar uni o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida ko‘tarishni istaydi. Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Professional futbol ligasi har uch bellashuv bo‘lib o‘tadigan stadionga kubok bilan boradi. Yakunda g‘olib jamoa kubokni o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida nishonlashi uchun sharoit yaratib beriladi.

Oltin medallar masalasida esa vaziyat biroz chigal. Chempionlik uchun da’vogar 2 ta klub Toshkentda to‘p tepishi va nisbatan ko‘proq ochko Toshkentda o‘ynaydigan jamoada ekanidan kelib chiqib, oltin medallar poytaxtda qoldiriladi. Chempionlik Namangan klubiga nasib qilsa, sovrinlar alohida yetkazib beriladi.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi barcha futbol ishqibozlarini so‘nggi turda stadionlarga chorlaydi hamda barcha jamoalarga omad tilaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Chempionat kubogi "Paxtakor", "Navbahor" va "Nasaf" ishtirokidagi o‘yinlarga olib boriladi