
Xorxe Sampaoli JCH-2022 qishda Qatarda o‘tkazilishi borasida keskin tanqidiy fikr bildirdi.
"FIFA mundialni noto‘g‘ri vaqtda, noto‘g‘ri joyda o‘tkazishga qaror qildi. Buning hammasi pul uchun. Bu biznes, qolgan barchasi ikkinchi darajali, oqibatlaridan esa boshqalar aziyat chekmoqda.
Futbolchilar asosiy e’tiborini JCHga qaratayotganini tabiiy, ammo aslida bu ularning aybi emas. Hozirgi jamiyat tarixdagi eng ahmoq va pastkashi. Insoniyat tarixidagi eng yomon davr va hammasi yanada yomonlashib ketmoqda.
Yetakchilar? Aytyapmanku, hozirgi jamiyat – tarixdagi eng ahmog‘i. O‘zgaruvchan, tushunib bo‘lmaydigan vaziyatlar odatiy hol bo‘lib qoldi. Men buni har kuni, har daqiqada ko‘raman.
Bizni hech kim ogohlantirmaydi, sababi biz qaysi ma’lumot to‘g‘ri, asosliligini bila olmaymiz. Barchasining bir qismi bo‘lish juda og‘ir. Meni bu tashvishga solmoqda, sababi OAV ham ana shu sirkning ishtirokchisi bo‘lib qolmoqda", – dedi "Sevilya" ustozi.
Xorxe SampaoliJCH-2022Qatarda OtkazilishiFIFA Tanqidiy FikrFutbolchilar E’tiboriJamiyat Tarixi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar