19:30 / 10.11.2022
1 721

Boks OCH—2022. Saidjamshid Ja’farov finalga chiqdi. Uch nafar o‘zbekistonlik bokschi yarim finalda yengildi

Boks OCH—2022. Saidjamshid Ja’farov finalga chiqdi. Uch nafar o‘zbekistonlik bokschi yarim finalda yengildi
Saidjamshid Ja’farov
Foto: Boks federatsiyasi / Aziz To‘xtamurodov

Iordaniyaning Amman shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati davom etmoqda. 10 noyabr kuni yarim final doirasidagi bir nechta jang ortda qoldi.

-75 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Saidjamshid Ja’farov Hindiston vakili Sumitni mag‘lubiyatga uchratdi va final yo‘llanmasiga ega chiqdi. Finalda Saidjamshid qozog‘istonlik Nurkanat Raisga qarshi ringga ko‘tariladi.

Shahzod Muzaffarov (-54 kg) qozog‘istonlik Mahmud Sabirxanga qarshi jang qilib, imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

-60 kg vazn toifasi vakili Athamjon Muhiddinov esa Mo‘g‘uliston vakili Bayarhuu Buyandalaiga yengilib, finaldan quruq qoldi.

Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (-67 kg) ham Qozog‘iston vakiliga qarshi ringga ko‘tarildi. Dulat Bekbauovga qarshi kechgan jangda Asadxo‘ja 2:3 hisobida yutqazib qo‘ydi.

Shu tariqa yarim finalda yengilgan bokschilar musobaqaning bronza medaliga ega chiqdi.

10 noyabr kuni yana quyidagi o‘zbekistonlik bokschilar jang qiladi:

+92 kg: Lazizbek Mullajonov — Narender (Hindiston) (18:30 dan so‘ng)
-51 kg: Hasanboy Do‘stmatov — Harkhuu Enhmandah (Mo‘g‘uliston) (20:10 dan so‘ng)
-57 kg: Abdumalik Halokov — Gantumur Lundaa (Mo‘g‘uliston) (21:00 dan so‘ng)
-63,5 kg: Ruslan Abdullayev — Chu En Lai (Xitoy Taypeyi) (21:15 dan so‘ng)
-80 kg: Odiljon Aslonov — Omurbek Bekjigit uluu (Qirg‘iziston) (22:15 dan so‘ng)
-92 kg: Madiyor Saidrahimov — Ahmat Sulayman (Iordaniya) (22:45 dan so‘ng)

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Boks OCH—2022. Saidjamshid Ja’farov finalga chiqdi. Uch nafar o‘zbekistonlik bokschi yarim finalda yengildi