12 noyabr kuni Superligada oxirgi tur. Shu kuni qaysi jamoaning chempion bo‘lishi aniq bo‘ladi. Pro ligaga tushib ketgan “Dinamo” qaysi klub sherik bo‘lishi ham shanba kuni oydinlashadi. Barchaning diqqat-e’tibori 12 noyabr kungi muhim bellashuvlarga qaratilishi shubhasiz. Mutaxassis Jamshid Saidov klublarning imkoniyati xususida shunday dedi:
“Dinamo” – “Qo‘qon-1912”
- Aslida “Dinamo”ga kerak emas, “Qo‘qon-1912”ga kerak. Shuning uchun qo‘qonliklar bor kuchini beradi. Ammo samarqandliklarning o‘tgan turdagi o‘yinini ko‘rsangiz, juda yaxshi harakat qildilar. “Surxon”ga deyarli imkoniyat bermadi. Vaholanki, “Surxon” oxirgi 4-5 ta turda yaxshi o‘yin ko‘rsatgan. O‘ylaymanki, “Dinamo” “Qo‘qon-1912”ni mag‘lub etadi. O‘z maydonida oxirgi uchrashuvni chiroyli tarzda tugatib qo‘yishni xohlashadi. Fikrim ham, niyatim ham, “Dinamo” yutsa kerak. Imkoniyatlar 80x20.
“Olimpik” – “Nasaf”
- Yaxshi bellashuv bo‘ladi. “Olimpik” AGMKga qarshi beqaror o‘ynadi. Fikrimcha, bu to‘qnashuvda durang bo‘ladi. Yoshlar bir qarasang sust, yana bir qarasang yaxshi o‘ynaydi. “Nasaf” o‘z uyida “Neftchi”ga yutqazib, chempionlik imkoniyatini pasaytirib yubordi. Albatta, ular oxirgi turda bor kuchini ko‘rsatishga harakat qiladi. “Olimpik” yoshlari 6:0 dan keyin qanday tiklanishi ham qiziq. Boya aytganimdek, durang bo‘lsa kerak, imkoniyatlar 50x50.
“Neftchi” – “Surxon”
- “Neftchi” yutadi, 100 foiz. Bu jamoa yaxshi shakllandi. Birinchi davrada ham jamoa chakki emasdi. Ilhom Mo‘minjonov ishlagan paytda klubni ishlari yurishmadi. Vitaliy Levchenko kelib, “Neftchi”da tartibli o‘yin ko‘zga tashlana boshlandi. Shuningdek, individual mahorati yuqori bo‘lgan futbolchilari ham bor. Shuning uchun bu jamoa natija ko‘rsatyapti. Yana qaytaraman: “Neftchi” 100 foiz g‘alaba qozonadi. “Surxon”ni hamma uchrashuvlarini ko‘rmaganman, ammo kuzatgan o‘yinlarini biz ham tahlil qilamiz. “Surxon”ning o‘yini yo‘q. Jamoadagi futbolchilari yuqori darajada emas. Faqat ko‘p uchrashuvlarda g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq evaziga yutishdi. “Surxon”ga nisbatan “Neftchi”ning o‘yini yaxshi.
“Lokomotiv” – “Metallurg”
- “Lokomotiv” g‘alaba qozonadi. Sababi bu “Loko” uchun oxirgi imkoniyat. Yutishga majbur. “Dinamo” ham g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, “Lokomotiv” pley-offda o‘ynaydi. 100 foiz emas, 200 foiz ayta olamanki, “Temiryo‘lchilar” g‘alaba qozonadi. Shu bois maydon egalari bor kuchini tashlaydi. “Metallurg” ancha xotirjam, chunki muhimi Superligada qoldi. O‘ylashimcha, ularda motivatsiya unchalik bo‘lmaydi.
“Bunyodkor” – “Paxtakor”
- Menimcha, “Paxtakor” klubi o‘zi uchun muhim bo‘lgan g‘alabani qo‘lga kiritadi. Baribir ularda o‘yin klassi yaxshi. Chempionlik uchun bir qadam qolganida “Paxtakor” xato qilmasa kerak. Albatta, ajoyib uchrashuv bo‘ladi. O‘ylashimcha, “Paxtakor” 100 foiz chempion bo‘ladi. Bu klubda “nastroy” katta. Ammo Ivan Boshkovich “Bunyodkor”da tartibli o‘yinni yo‘lga qo‘ya oldi. Lekin futbolchilarida tajriba kam. “Paxtakor”da esa bor.
“Qizilqum” – “So‘g‘diyona”
- O‘zingiz bilasiz, “So‘g‘diyona” oxirgi 5 ta uchrashuvda yutqazdi. Keyin “Lokomotiv” bilan durang o‘ynadi. Buning ustiga bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev jamoadan ketdi. Baribir u katta motivator edi. Futbolchilarini ruhlantirishni bilardi, o‘yinchilari ham unga ishonardi. Menimcha, endi “So‘g‘diyona”da yetarli motivatsiya bo‘lmaydi. Fikrimcha, jizzaxliklar yutqazadi. “Qizilqum” tarkibidagi 70-80 foiz futbolchilar chempion bo‘lgan va Kubokni qo‘lga kiritishgan. To‘g‘ri, ular ham omadsiz o‘ynashdi. Lekin so‘nggi turda “Qizilqum” o‘z uyida yutsa kerak.
“Navbahor” – AGMK
- Zo‘r o‘yin bo‘ladi. AGMK oldiga qo‘yilgan vazifani bajarib, Osiyo Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. “Navbahor” bu qanchalik muhimligini tushunib turibdi. Chempionlik masalasini hal qilishi mumkin. Ular shunga yarasha tayyorgarlik ko‘rishyapti. Namanganliklar bor kuchini beradi. Samvel Babayan futbolchilarini qanday ruhlantirishni biladi. U ham kuchli motivator. Tarkibda tajribali futbolchilar jamlangan. Jamoada o‘yin bor. Imkoniyatlar 60x40 “Navbahor” foydasiga.
Shuhratbek Jo‘rayev.
Manba: Sports.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi