Rossiya terma jamoasi va "Rostov" bosh murabbiyi Valeriy Karpin sanksiyalar va milliy terma jamoaning chetlatilishi fonida RFI UEFAdan Osiyo Futbol Konfederatsiyasiga o‘tishi g‘oyasi haqida gapirdi.
Noyabr oyida Rossiya terma jamoasi Osiyo davlatlari – Tojikiston va O‘zbekiston vakillari bilan o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazadi. Uchrashuvlar 17 va 20 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
“Osiyoga ko‘chib o‘tishga rozi bo‘larmidingiz? Hozirgi vaziyatda sizda boshqa variant bormi? Sanksiyalar yumshatilishini qancha kutish kerak? Agar shunday imkoniyat bo‘lsa, men Osiyoga ko‘chib o‘tishga rozi bo‘lar edim", - deya Karpinning so‘zlarini keltiradi "Sport-ekspress".
Sentyabrida Karpin sanksiyalar fonida Rossiyaning Osiyo futbol konfederatsiyasiga o‘tishi mumkinligi haqida aytgan edi. Keyin terma jamoa bosh murabbiyi bu 2-3 yil ichida amalga oshirish mumkin deya qo‘shimcha qilgan.
2022 yil bahorida Ukrainadagi vaziyat fonida Rossiya terma jamoasi Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga yo‘llanma taqdim etiladigan pley-off bosqichidan chetlashtirildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi