
O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Qozog‘iston bilan o‘yindan oldingi rasmiy mashg‘ulot arafasida championat.asia saytiga intervyu berdi.
- Terma jamoa ixtiyoriga yetib keldingiz. Dastlabki таассуротлар...
- Erta tongda Toshkentga yetib keldim. Doim terma jamoaga kelish yoqimli. O‘yinlarga tayyormiz.
- Bugungi matbuot anjumanida Srechko Katanes Shomurodov Toshkentga kech kelgan bo‘lsa ham, baribir asosiy tarkibda tushadi sababi “Roma”ning oxirgi o‘yinidan maydonga tushmadi. U hozir boshqalardan ko‘ra yaxshiroq holatda dedi. Rostan ham shundaymi? Yoki yo‘l charchog‘i bormi?
- Yo‘l charchog‘i deyarli yo‘q. Sababi Italiyadan uchib kelishga o‘rganib qoldim.
- Xuddi “Chorsu”ga borib kelgandek bo‘lib qoldimi?
- (kuladi) Ha, shunaqa desa ham bo‘ladi. O‘zimni yaxshi his qilyapman. Ertaga maydonga tushishga tayyorman.
- Yanvar oyida “Torino”ga o‘tishingiz haqida xabarlar чиқди...
- Hozir klub haqida hech nima deya olmayman. Sababi terma jamoa safidaman.
- Qozog‘iston va Rossiya bilan o‘yinlardan nima kutyapsiz?
- Kimga qarshi o‘ynashdan qatʼiy nazar maydonga g‘alaba uchun tushamiz. Murabbiyning taktik ishlanmalarini o‘yinlarga tatbiq etishga harakat qilamiz.
- O‘g‘lingiz Mustafo ham katta bo‘lsa futbolchi bo‘ladi deb o‘ylaysizmi?
- Hali ancha yosh, sal katta bo‘lsa o‘zidan so‘raymiz. Lekin qiziqishi bor.
Narzulla suhbatlashdi
Eldor ShomurodovQozog‘iston O‘yiniTorino KlubTerma JamoaChorsu SaytiO‘g‘il Futbolchi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar