07:00 / 17.11.2022
2 371

Baxtiyor Ashurmatov: “Andijon”ni mag‘lub etish uchun maydonga tushamiz"

Baxtiyor Ashurmatov: “Andijon”ni mag‘lub etish uchun maydonga tushamiz"
Pro liga 27-turidan o‘rin olgan “Mashʼal” – “Turon” (1:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi.

O‘yin haqida
- “Mashʼal” jamoasi odatda himoyaviy, qarshi hujumlarga odatlangan futbol namoyish etadi. Bu o‘yinda g‘alaba qozonishimiz muhim edi. Chunki 2-o‘rindan umid uzganimiz yo‘q. Muvaffaqiyat qozonib, intrigani saqlab qolmoqchi edik. O‘ylaymanki, “Xorazm” so‘nggi turda “Buxoro” bilan jiddiy bahslashadi. Biz ham vazifani bajarish uchun oxirigacha kurashamiz.

Birinchi bo‘limda bo‘sh o‘yin ko‘rsatdik. Tanaffusda berilgan ko‘rsatmalar, qilingan o‘zgarishlar o‘z samarasini berib, g‘alaba qozondik. “Mashʼal” ham oxirigacha kurashdi. Natijada markaziy himoyachini maydonga tushirdik. Yaxshiyamki, muborakliklar so‘nggi daqiqalardagi vaziyatlarda foydalana olmadi. Omadimiz keldi. G‘alaba qozongan bo‘lsak-da, o‘yindan qoniqish hosil qilmadik. Chunki turnir jadvalida “Buxoro”dan oldinda edik. Keyinchalik 3-o‘ringa tushib qoldik. Bu futbol. Oxirigacha kurashamiz va vazifani uddasidan chiqishga umid qilamiz. “Andijon”ni ham mag‘lubiyatga uchratish uchun maydonga tushamiz.

- Abduraimovni zaxirada олдингиз...
- Taktik o‘zgarish sifatida almashtirdim. “Mashʼal” bilan o‘yinda u Aʼzam Aliyev bilan maydonda ajoyib futbol namoyish etdi. Sardor jamoamiz yetakchisi. Unga hech qanday eʼtirozim yo‘q. Faqatgina hisobni saqlab qolish uchun Abduraimov o‘rniga markaziy himoyachini maydonga chiqardik. Bugun Sardor oxirgi o‘yinlardagi eng yaxshi bahsini o‘tkazdi.

Shu o‘rinda jamoamiz muxlislariga minnatdorchilik bildiramiz. Noqulay ob-havo sharoitida ham Muborakga kelishdi va jamoani qo‘llab-quvvatladi. Ular uchun ham g‘alaba qozonishimiz kerak edi.

- Pro liganing joriy yildagi saviyasi haqida qanday fikrdasiz?
- Oxirgi yillarga nisbatan qiziqarli bo‘ldi. Misol uchun “Turon” ochko yig‘in bo‘yicha yuqorida edi. Yuqori beshlikga ajralganidan keyin jamoamiz ko‘p ochko yo‘qotdi. Bahslar qizg‘in tarzda kechdi. Qolaversa, PFL rahbariyati saʼiy-harakatlari bilan o‘yinlar TV orqali olib berilmoqda. Bu ham o‘zgarishlarning samarasi bo‘ldi.

- “Turon”dagi kelajagingiz borasida nima deya olasiz?
- Hozirda bor eʼtiborim oldimizga qo‘yilgan vazifani bajarish. Men klub rahbariyati bilan gaplashganimda, mavsum yakuniga qadar ishlash bo‘yicha kelishgandik. Mavsum yakuniga yetganidan so‘ng kelajagim borasida yana gaplashib olishga kelishib olganmiz. Hozir bu haqda hech nima ayta olmayman. Lekin shuni ayta olamanki, “Turon” o‘z oldiga yuqori maqsad qo‘yadigan, rejali jamoa hisoblanadi. Rahbariyat infratuzilmani yaxshilashga eʼtibor bermoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Baxtiyor Ashurmatov: “Andijon”ni mag‘lub etish uchun maydonga tushamiz"