
Qatarda bo‘ladigan jahon chempionatida ishtirok etadigan futbolchilarni qaydnomadan o‘tkazish muddati yakunlanganidan keyin qaysi klub mundialga eng ko‘p futbolchisini yuborishi ham ma’lum bo‘ldi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, jahon chempionatida “Bavariya”dan eng ko‘p vakil qatnashadi. Myunxen klubining 17 futbolchisi sakkizta turli mamlakatlar terma jamoalarida to‘p tepadi.
Bu terma jamoalar: Kamerun (Erik Shupo-Moting), Kanada (Alfonso Devis), Xorvatiya (Yosip Stanishich), Fransiya (Lukas Ernandes, Dayo Yupamekano, Benjamen Pavar, Kingli Koman), Germaniya (Manuel Noyer, Leon Goretska, Serj Gnabri, Leroy Sane, Jamol Musiala, Yozua Kimmix, Tomas Myuller), Marokash (Nussayr Mazraui), Niderlandiya (Matteys de Ligt), Senegal (Sadio Mane).
Shuningdek, mundialga “Manchester Siti” va “Barselona” o‘n oltitadan, “Manchester Yunayted” o‘n to‘rtta va “Real” o‘n uchta futbolchi yuborgan.
BavariyaJahon ChempionatiFutbolchilarMamlakatlar TermaManchester SitiBarselona O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar