
Argentinalik afsonaviy futbolchi Diyego Maradona tomonidan Angliya termasi darvozasiga qo‘l bilan kiritilgan to‘p auksionda sotilmadi.
Ushbu to‘p tunislik hakam Ali Bin Nosirga tegishli. U to‘p uchun 2,5-3 mln funt ishlab olishni kutgandi. Kim oshdi savdosida narx 1,4 mln'dan boshlanib, oxirgi taklif qilingan narx 2 mln funtni tashkil etdi. Tunislik hakamni esa bu taklif qoniqtirmadi va u sotishdan bosh tortdi. Sotuvchi va xaridorlar o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda.
Bin Nosir ushbu mashhur buyumni dunyo bilan baham ko‘rishning vaqti kelganini aytdi va u xaridorning to‘pni ommaga namoyish etishiga umid bildirdi.
Maradona mazkur to‘p bilan kiritilgan golni 1986 yilgi Jahon Chempionati chorak finalida Angliyaga qarshi o‘yinda kiritgan. O‘shanda Argentina termasi inglizlar ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi va keyinchalik mundial chempioniga aylandi.
MaradonaTunislik HakamAli Bin NosirAuksion NarxiFutbol TarixiJahon Chempionati O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar