09:43 / 18.11.2022
1 677

Qatar JCH—2022 ochilish o‘yinida g‘alaba qozonish uchun Ekvador futbolchilariga pora bergan

Qatar JCH—2022 ochilish o‘yinida g‘alaba qozonish uchun Ekvador futbolchilariga pora bergan
Qatar JCH—2022 ochilish o‘yini doirasida kechadigan Ekvadorga qarshi bahsni yutish uchun raqib futbolchilarini sotib olishga urindi, deya xabar qilmoqda jurnalist va siyosiy tahlilchi Amjal Taha.

«Qatar Ekvadorning sakkiz futbolchisini 7,4 million dollar evaziga sotib olgan. Shartga ko‘ra ular o‘yinni yutqazib berishi kerak (0:1, gol 2-bo‘limda uriladi). Qatar va Ekvadordagi beshta insayder buni tasdiqladi.

Bu yolg‘on ekaniga umid qilib qolamiz. Tarqatilgan bu ma’lumot o‘yin natijasiga ta’sir qilishini ko‘zlayapmiz. Dunyo FIFAdagi korrupsiyaga qarshi turishi kerak
», — deya yozadi Taha.

Qatar va Ekvador o‘rtasidagi uchrashuv 20 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. A guruhidan, shuningdek, Niderlandiya va Senegal terma jamoalari ham joy olgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qatar JCH—2022 ochilish o‘yinida g‘alaba qozonish uchun Ekvador futbolchilariga pora bergan