O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi va "Rubin" bilan 3,5 yillik shartnoma imzolagan himoyachi Rustam Ashurmatov Qozog‘iston bilan bahsdan keyin (2:0) fikrlarini bildirdi.
- Uch himoyachi bilan o‘ynash jamoaga muammo tug‘dirmayaptimi? Bu taktik sxema maydondagi o‘yinchilarning jismoniy holatiga qanday tasir qilmoqda?
- Birinchi navbatda, bu murrabiy qarori. Nechta himoyachi bo‘lishidan qati nazar taktikani murrabiy tanlaydi, biz o‘yinchilar esa taktikaga moslashishimiz kerak. Shuning uchun qiyin yoki oson deb ayta olmayman. Murrabiy ko‘rsatmalariga quloq tutishga qo‘ldan kelgancha harakat qilamiz.
- Qozog‘iston terma jamoasi bilan o‘yinda uch markaziy himoyachi bilan o‘ynash qaroriga nima sabab bo‘ldi? Qo‘shnilarimizning yaxshi jismoniy holatda ekanligi bunga sabab bo‘ldimi?
- Qozog‘iston bilan uchrashuvda uch himoyachi bilan o‘yinni boshlash, aynan shu o‘yin uchun ataylab tayyorlangan qaror deb o‘ylamayman. Bu jamoamizning an’anaviy taktik sxemasi. Kosta-Rika bilan bo‘lgan uchrashuvda ham uch himoyachi bilan o‘ynagan edik.
- Himoyamiz kuchli raqiblarga qarshi ham uch markaziy himoyachi bilan o‘ynashi qanchalik to‘g‘ri deb o‘ylaysiz? Masalan, Rossiya bilan?
- Jamoamiz murrabiyi Rossiya terma jamoasi taktik sxemasi va o‘yin chizgisini o‘rganib chiqmoqda. Buni bizga ham tushuntirishni boshladi. Hozircha taktik sxemamiz o‘zini oqlayapti.
- Terma jamoada birga, lekin klublarda bir-biringizga raqibsizlar. Bu holat terma jamoa yig‘inlari vaqtida jamoaga qanday ta’sir o‘tkazadi? Himoyachilar o‘rtasida munosabat qanday?
- Jamoada kayfiyat ajoyib. Biz terma jamoa nomini himoya qilamiz. Oldinda katta turnirlar kutib turibdi. 1-2 yildan so‘ng optimal holatda bo‘lishimiz kerak. Umid qilamanki, o‘sha vaqtga kelib murrabiy jamoaga o‘z g‘oyalarini singdirib bo‘ladi.
Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi