date

Florentino Peres Zidanni «Real» bosh murabbiyi lavozimida qoldirishga qaror qildi

Florentino Peres Zidanni «Real» bosh murabbiyi lavozimida qoldirishga qaror qildi

Madridning “Real” klubi prezidenti Florentino Peres Zayniddin Zidanni kelasi mavsumga bosh murabbiy lavozimida qoldirishga qaror qildi. Bu haqda "Uff.uz" xabar berdi.

“Florentino bir necha hafta oldin bu qarorga kelgandi. Chempionlar ligasi finaliga yo‘llanma olingani bunga hech qanday ta’sir o‘tkazmadi”, – dedi madridlik klub prezidentiga yaqin bo‘lgan manba.

Ta’kidlanishicha, Peres fransiyalik murabbiy qo‘l ostida jamoada ajoyib muhit hosil bo‘lganidan juda ham mamnun.

“Zidan “Atletiko”dan qabul qilib olingan mag‘lubiyatdan so‘ng og‘ir damlarni boshidan o‘tkazishga majbur bo‘ldi.

Ammo Peresga murabbiy sarosimaga tushmagani va jamoani qiyin vaziyatdan olib chiqqani juda yoqdi”, – dedi ispan klubidagi manba.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Florentino Peres Zidanni «Real» bosh murabbiyi lavozimida qoldirishga qaror qildi