20:20 / 20.11.2022
2 547

O‘zbekiston Rossiyaga Osiyoda ham “non” yo‘qligini ko‘rsatib qo‘ydi

O‘zbekiston Rossiyaga Osiyoda ham “non” yo‘qligini ko‘rsatib qo‘ydi
“Spartak” klubi sobiq prezidenti Andrey Chervichenko O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi o‘rqtoklik uchrashuvidan keyin o‘z fikrlarini bildirdi. “Paxtakor” stadionidagi o‘yinda hisob ochilmadi.

- Yakshanba oqshomidagi o‘yin tomosha qilganimiz eng yoqimli narsa bo‘lmadi. Lekin futbolimizning saviyasi shu ekan, sobiq ittifoqning ikki jamoasini ham yenga olmadik.

Bu ko‘pchilikdagi, xususan, menining o‘zimdagi agar Osiyoga o‘tsak, u yerda biz liderlardan bo‘lamiz, degan tushunchalarimiz sarobligicha qolishini ko‘rsatdi. Osiyoda ham hech kim bizga yon berib, hadya ulashib o‘tirmas ekan
, - dedi Chervichenko.

Xabaringiz bor, siyosiy vaziyat tufayli Rossiya futboliga nisbatan sanksiyalar qo‘llangan. Rus klublari UYEFA tasnifidagi musobaqalardan chetlatilgan. Futbol sohasi mutasaddilari Osiyo futbol konfederatsiyasiga o‘tish masalasini ham ko‘rib chiqmoqchi bo‘lgan edi.

Rossiya terma jamoasi Tojikiston va O‘zbekiston futbolchilariga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvlarda birorta to‘p kirita olmay, durang bilan kifoyalanishga majbur bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston Rossiyaga Osiyoda ham “non” yo‘qligini ko‘rsatib qo‘ydi