
Futbol boʻyicha JCh—2022 1-turida AQSh va Uels terma jamoalari 21 noyabr, dushanba kuni oʻzaro toʻqnash keldi.
Uchrashuvning 36-daqiqada Timoti Vea amerikaliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Bunga uelsliklar 72-daqiqaga kelib javob berdi: Garet Beyl penaltini muvaffaqiyatli amalga oshirib, muvozanatni tikladi. Qolgan vaqtda hisob oʻzgarmadi.
Guruhning boshqa oʻyinida Angliya terma jamoasi Eronni 6:2 hisobida magʻlubiyatga uchratgandi.
Shu tariqa 1-turdan keyin Angliya guruhda yaqqol etakchiga aylandi. Undan keyingi oʻrinlarda AQSh va Uels boryapti (1 ochkodan), Eron esa soʻnggi pogʻonani band etgan.
JCh—2022
1-tur bahsi
AQSh — Uels 1:1
Gollar: 1:0 – 36 Vea, 1:1 – 82, penalti Beyl.
AQSh: Terner, Dest (Yedlin, 74), Rim, Simmerman, Robinson, Adams, Makkenni (Aaronson, 66), Musa (Akosta, 75), Pulishich, Vea (Morris, 88), Sarjent (Rayt, 74).
Uels: Hennessi, Roberts, Devis, Rodon, Mifem, Uilyams (Jonson, 79), Ampadu, Remzi, Uilson (Tomas, 90), Beyl, Jeyms (Mur, 46).
Ogohlantirishlar: Dest (11), Makkenni (13), Beyl (40), Mifem (45), Rim (51).
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!