22:35 / 23.11.2022
1 426

Timur Juravel: "Osiyo jamoalarining g‘alabalari tasodif emas"

Timur Juravel: "Osiyo jamoalarining g‘alabalari tasodif emas"
"Match TV" telekanali jurnalisti Timur Juravel "Championat.asia" saytiga jahon chempionati haqidagi ilk taassurotlari haqida intervyu berdi.

- Osiyo terma jamoalari, jumladan, Saudiya Arabistoni va Yaponiyaning JCHdagi ishtiroki haqida qanday fikrdasiz?
- Bu endi 1-tur. Ularning g‘alabasini tasodifiy demagan bo‘lardim. Yaponiya - tizimli terma jamoa, tartibli o‘yin ko‘rsatadi va ma’lum darajadan pasayib ketishmaydi. Saudiya Arabistoni esa ko‘z o‘ngimizda katta o‘sishga erishyapti. Avvalgi mundialda ochilish uchrashuvida Rossiyaga 0:5 hisobida imkoniyat boy berilgandi, kecha esa ajoyib futbol namoyish qilmoqda. Ikkinchi bo‘lim starti — menimcha, ushbu musobaqa men ko‘rgan eng kuchli o‘yin.

- Balki dunyo bo‘ylab futbol darajasi tenglashayotgandir?
- Har kimning o‘z muammosi bor. Argentinaga chamasi, murabbiy resursi yetishmayapti. Germaniyada esa kutilmagan natija, ammo nemislar hali o‘z so‘zini aytadi. Top jamoalar o‘yini pasaydi demagan bo‘lardim, lekin qolganlar o‘sgani aniq.

- Argentina va Germaniya guruhdan chiqa oladimi?
- Germaniya kuchli, 60-daqiqagacha o‘yin asosan bitta darvozaga yaqin hududda o‘tdi. Va kutilmaganda, yaponlar rejimni o‘zgartirdi, hujumda boshqacha harakat qila boshladi. Saudiya Arabistoni ham Argentinaga qarshi uchrashuvda shunga o‘xshash ishni bajardi. Shunday ekan barchasini vaqt ko‘rsatadi.

- Siz JCHning hozirgacha o‘tgan barcha o‘yinlarini jonli ravishda tomosha qildingiz. Qaysi terma jamoaning o‘yini qolganlarga nisbatan ko‘proq yoqdi?
- Futbolni chinakam tomosha qilyapman demagan bo‘lardim. Vazifam — barcha o‘yinlarga yetib borish, rekord qo‘yish. Inglizlar haqida gapirgan bo‘lardim, ular omadsiz seriyani to‘xtatishdi. Biroq eng qoyil qoldirgani fransuzlar bo‘ldi. Ularning o‘yinga qayta olgani va Avstraliyani tiz cho‘ktirgani. Aytgancha, bu ikki terma haqida, ularning muammoga duch kelishi aytilgandi: inglizlar Millatlar Ligasida A diviziondan tushib ketgandi, fransuzlar esa jarohatlar sabab ko‘p o‘yinchilarni yo‘qotishdi. Biroq, yana qaytaraman, bu endi birinchi tur.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Timur Juravel: "Osiyo jamoalarining g‘alabalari tasodif emas"