
Jahon chempionati guruh bosqichining birinchi turidan o‘rin olgan Shveysariya va Kamerun jamoalari o‘rtasidagi o‘yin nihoyasiga yetdi. Mazkur bellashuvda Shveysariya minimal hisobda g‘alaba qozondi.
Uchrashuvning 48-daqiqasida Shakirining uzatmasidan so‘ng Embolo darvozani ishg‘ol qildi. Qolgan daqiqalarda jamoalar qancha harakat qilishmasin to‘p darvoza to‘riga kirishni istamadi.
Shveysariya – Kamerun - 1:0
Gol: Brel Embolo 48, - 1:0 (Jerdan Shakiri).
Shveysariya – 1.Yann Zommer, 3.Silvan Vidmer, 5.Manuel Akandji, 4.Niko Elvedi, 13.Rikardo Rodriges, 8.Remo Froyler, 10.Granit Jaka, 23.Jerdan Shakiri (Noa Okafor, 72), 15.Jibril Sou (Fabian Fray, 7), 17.Ruben Vargas, 7.Brel Embolo (Xaris Seferovich, 72).
Kamerun – 23.Andre Onana, 19.Kollins Fay, 21.Jan-Sharl Kastelletto, 3.Nikolya N'Kulu, 25.Nuxu Tolo, 8.Andre-Frank Zambo-Angissa, 14.Samyuel Gue, 18.Martin Xongla (Gael Ondua, 68), 20.Brayan Mbeumo, 13.Erik Shupo-Moting (Vensan Abubakar, 74), 12.Karl Toko-Ekambi (Jorj NKudu, 74).
Guruhning ikkinchi o‘yini Braziliya va Serbiya o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
ShveysariyaKamerunJahon ChempionatiO'yin NatijalariBrel EmboloJamoalar Harakati O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar