
"Roma" "Budyo-Glimt" hujumchisi Ola Solbakken bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.
24 yoshli norvegiyalik futbolchi erkin agent sifatida Italiya klubiga oʻtdi. Uning rimliklar bilan kelishuvi 2023 yilning 2 yanvaridan kuchga kiradi va 2027 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Futbolchi "Roma"da 18-raqam ostida oʻynaydi.
Ola Solbakken 2020 yilning yanvaridan beri "Budyo-Glimt"da toʻp tepadi. Joriy mavsumda u jamoa safida 23 ta oʻyinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
RomaBudyo-GlimtOla SolbakkenShartnoma ImzolashNorvegiyalik FutbolchiItaliya Klubi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing