Sobiq hakam: "Penalti yo‘q edi"

Sobiq hakam: "Penalti yo‘q edi"
Eduardo Iturralde Gonsales kecha Portugaliya - Gana bellashuvida afrikaliklar darvozasi tomon belgilangan penalti borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Kecha JCH-2022 1-turidan o‘rin olgan bahsda portugallar Afrika qit’asi vakilini 3:2 hisobida taslim etdi. 65-daqiqada Santush jamoasi penaltidan urilgan gol evaziga hisobni ochgandi.

"Mening fikrimcha, Ronaldu bilan sodir bo‘lgan vaziyatda penalti yo‘q edi. U chiroyli sho‘ng‘idi. Biroq ushbu holatda 11 metrlik jarima zarbasi bor, deydiganlarni tushunaman", - dedi sobiq ispaniyalik hakam.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar