date
views 1 616

O‘zbek futbolida yilning eng yaxshilari mukofotlandi (foto)

O‘zbek futbolida yilning eng yaxshilari mukofotlandi (foto)
Bugun Toshkentdagi “Renaissance hall” majmuasida “ENG ZO‘R Uz Football Awards-2022” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘FA hamda O‘zPFL tomonidan tashkil etilgan tadbirda “Koka Kola” Superligasi, shuningdek, ayollar futbolidagi eng yaxshilar ham taqdirlanishdi. Nominatsiyalar va ularning g‘oliblari quyidagicha:
- “O‘zbek futbolining nuroniysi” – Birodar Abduraimov

- “Fidoyilik ramzi” – Anvar Ohunov
- “Yil hakami” – Vadim Agishev va Roziyabonu Yusupova
- “Fair Play” – "Xorazm" futbol klubi
- “Eng yaxshi yoshlar murabbiyi” – Farhod Nishonov
- “Yosh yulduz” – Abbosbek Fayzullayev
- “Eng yaxshi futzal murabbiyi” – Bahodir Ahmedov
- “Eng yaxshi futzalchi” – Husniddin Nishonov
- “Ayollar oliy ligasi murabbiyi” – Vladislav Xan ("Sevinch")
- “Ayollar oliy ligasi futbolchisi” – Maftuna Shoyimova ("Sevinch")

- “Ayollar oliy ligasi to‘purari” – Diyora Habibullayeva (“So‘g‘diyona- V”)
- “Pro liga murabbiyi” – Viktor Kumikov ("Andijon")
- “Pro liga futbolchisi” – Ro‘zimboy Ahmedov ("Buxoro")
- “Sosa-Sola Superliga to‘purari” – Dragan Cheran ("Paxtakor")
- “Sosa-Sola Superliga murabbiyi” – Ro‘ziqul Berdiyev ("Nasaf")

- “Sosa-Sola Superliga futbolchisi” – Dragan Cheran ("Paxtakor")
- “Sosa-Sola Superligada yil goli” – Islom Toshpo‘latov ("Surxon")

- “Yilning eng yaxshi ayollar murabbiyi” – Sherali Boboqulov ("So‘g‘diyona-V")
- “Eng yaxshi ayol futbolchi” – Mahliyo Sarikova ("Sevinch")
- “Yilning eng yaxshi murabbiyi” – Timur Kapadze (O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi va "Olimpik" bosh murabbiyi)

- “Yilning eng yaxshi futbolchisi” – Jamshid Iskanderov ("Navbahor")
Marosimda Sportni rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, Professional futbol ligasi rahbariyati, xususan, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov ham ishtirok etdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbek futbolida yilning eng yaxshilari mukofotlandi (foto)