Boks. Hamyurtimiz qozog‘istonlik bokschini mag‘lub etdi va jahon chempioni bo‘ldi!

Boks. Hamyurtimiz qozog‘istonlik bokschini mag‘lub etdi va jahon chempioni bo‘ldi!
Ispaniyada o‘tayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatining erkaklar o‘rtasida -67 kg vazn toifasida hamyurtimiz Javohir Ummataliyevning qozog‘istonlik Nurbek Mursalga qarshi final jangi yakunlandi.

Quvonarlisi, oltin medal uchun kechgan jangda Javohirning qo‘li baland keldi. Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasi ushbu jahon chempionatidagi oltin medallari sonini 3 taga yetkazib oldi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar