Meksika milliy terma jamoasi sardori Anrdes Guardado hamyurti "Kanelo"ning tahdididan so‘ng Lionel Messining tarafini oldi.
Gap shundaki, JCH 2-turidan o‘rin olgan Meksikaga qarshi bellashuvdan keyin argentinaliklar yulduzi Messi kiyim almashtirish xonasida raqib libosini oyog‘i bilan tepib yuborgani va uni bosgani aks etgan video tarqalgandi. Shundan so‘ng boks bo‘yicha super o‘rta vazn toifasida jahon chempioni, meksikalik Saul Alvares "Kanelo" Leoga jiddiy murojaat qilgandi: "Xudoga bizni hayotda uchrashtirmasligini so‘rab iltijo qil!".
Guardado bu holatga munosabat bildirdi: "Bu bema’nilik va muhim narsa emas. Men Messining qanday inson ekanligini bilaman. Afsuski, "Kanelo" kiyim almashtirish xonasidagi muhit qanday bo‘lishini tushunmaydi. Uning tahdidi menga ahmoqlikdek tuyulmoqda. Bu so‘zlarning barchasi ziddiyat yaratish va o‘zini ommaga tanitishga bo‘lgan harakat.
O‘yindan so‘ng kiyimlarni bemalol yerga tashlab qo‘yaveramiz, ularni yuvish uchun olib ketishadi. Messidagi libos meniki, bellashuvdan so‘ng biz forma almashdik. Men ham uning futbolkasini yuvishlari uchun yerda qoldirdim. Biz buni juda muhim jihat deb hisoblamaymiz", - dedi u "TyC Sports" nashriga. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi