Karlush Keyrush Eron terma jamoasidan ketdi

Karlush Keyrush Eron terma jamoasidan ketdi
Foto: Ftbl.ru
Eron terma jamoasining bosh murabbiyi Karlush Keyrush iste’foga chiqdi. Portugal mutaxassisi jamoa Qatardagi jahon chempionatini tark etganidan so‘ng qarorini e’lon qildi.

Keyrush ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntida ushbu murojaatni yozdi: «Yigitlar, aziz do‘stlar. Siz o‘z orzuingiz uchun kurashib, bor kuchingizni sarflasangiz-u, maqsadingizga erisha olmasangiz, buning hech qanday uyatli joyi yo‘q. Men siz bilan faxrlanaman, maydonda va uning tashqarisida o‘zingizni ko‘rsata oldingiz.

Bu futbol oilasining bir bo‘lagi bo‘lishni o‘zim uchun iltifot va sharaf deb hisoblayman. Barchangiz hurmatga loyiqsiz. Sizlarga baxt, muvaffaqiyat, salomatlik tilayman. Rahmat
».

Eslatib o‘tamiz, Eron 3-turda AQSHga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lib, uch ochko bilan guruhda qolib ketdi, Angliya va AQSH keyingi bosqichga chiqdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar