
JCH-2022 guruh bosqich 3-turidan o‘rin olgan Yaponiya - Ispaniya bahsi yakunlandi. Mazkur bellashuvda yaponlar 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
"Kun chiqar yurt" vakillari tarkibida Tanaka hamda Doan gol urgan bo‘lsa, "qizil furiya"ning yagona goli Morata tomonidan kiritildi.
Shu tariqa, Yaponiya o‘z guruhida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ispaniya esa 2-o‘rin bilan pley-off yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Yaponiya – Ispaniya 2:1
Gollar: 0:1 – 11 Morata, 1:1 – 48 Doan, 2:1 – 54 Tanaka.
Yaponiya – Gonda, Yosida, Taniguti, Itakura, Nagatomo (Mitoma, 46), Morita, Tanaka (Endo, 87), Kamada (Tomiyasu, 69), Kubo (Doan, 46), Ito, Maeda (Asano, 62).
Ispaniya – Unai Simon, Aspilikueta (Karvaxal, 46), Rodri, Pau Torres, Balde (Alba, 68), Buskets, Pedri, Gavi (Fati, 68), Olmo, Morata (Asensio, 57), Uilyams (Ferran Torres, 57).
Ogohlantirishlar: Itakura (39), Taniguti (44), Yosida (45).
YaponiyaIspaniyaJCH-2022Guruh BosqichGol UrishTanaka DoanMorata O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar