
Foto: «Olamsport»
Professional boksda faoliyatini davom ettirayotgan Fazliddin G‘oibnazarov (11-1, 6 KO) 2 dekabr, juma kuni Toshkentda o‘tgan boks oqshomida jang qildi.
Musobaqaning asosiy jangida G‘oibnazarovga Jamshid Karimov (10-1, 7 KO) raqib bo‘ldi.
O‘zbekistonlik bokschilar ishtirokidagi jang to‘liq 10 raund davom etdi. G‘oibnazarov ko‘plab raundlarni o‘z foydasiga hal qilishga erishdi. Yakun hakamlar bir ovozdan Fazliddinning g‘alabasini qayd etdi — 99-91, 96-94, 99-91.
Qolgan janglarda quyidagi natijalar qayd etildi:
- Ovannes Bachkov (Armaniston) muddatidan avval Markos Gonsales Barrazani (Meksika) taslim etdi;
- Jono Kerrol (Irlandiya) ochkolar evaziga Jeyms Cherejini (Ruminiya) mag‘lubiyatga uchratdi;
- Mujibullo Tursunov (O‘zbekiston) texnik nokaut evaziga Shohrux Kenjayevni (O‘zbekiston) mag‘lub etdi;
- Nurim Dilshad (Qozog‘iston) ochkolar evaziga Farrux Arslonovni (O‘zbekiston) yutdi;
- Ion Kostin (Ruminiya) texnika nokaut bilan Aleksandr Ionitani (Ruminiya) mag‘lub etdi;
- Islom Mo‘minov (O‘zbekiston) 1-raundda Asilbek Vahobovni (O‘zbekiston) nokautga uchratdi;
- Anvar Turopov (O‘zbekiston) ochkolar hisobiga Asan Mahmudovni (Qozog‘iston) yutdi;
- Suhrob Qayumov (O‘zbekiston) texnik nokaut evaziga Dovud Mahkamovdan (Tojikiston) ustun keldi;
- Bereket Tairov (Qozog‘iston) texnik nokaut bilan Jakipbek uulu Jarkinbekni (Qirg‘iziston) yengdi.
Fazliddin G‘oibnazarovJamshid KarimovO‘zbekiston BokschilariJang NatijalariBoks MusobaqasiToshkent Boks Oqshomi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar