
Gana termasi futbolchisi Daniel Amarti JCH-2022 doirasida Urugvayga qarshi o‘yindan keyingi fikrlarini bildirdi.
"Hozirgi termamizda 2010 yili Suaresga qarshi o‘ynagan futbolchilar yo‘q. Bizda avlod o‘zgardi. Kechagi o‘yinda yutishni istagandik. Ammo qarasak, navbatdagi bosqichga chiqishi uchun Urugvayga gol ko‘proq kerak. Shunda jamoaga aytdim: "Biz ham gol urishimiz kerak, ular ham. Shu sababli ko‘proq himoyalanamiz. Agarda o‘zimiz pley-offga chiqa olmasak, ular ham chiqmasligi kerak", dedim. Albatta, yutishni istagandik. Biroq vaziyatga real qaraydigan bo‘lsak, bizning imkoniyatimiz past edi", - dedi Amarti.
Futbolchi Gana termasi 2:0 hisobidagi g‘alaba ham Urugvayni keyingi bosqichga olib o‘tmasligini bilgan holda uchinchi golni o‘tkazib yubormaslikka harakat qilganini tan oldi.
Gana TermasiDaniel AmartiJCH-2022Urugvay O‘yiniGol UrishHimoyalanish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar