"Navbahor" himoyachisi Rustam Ashurmatov "Rubin"dan tushgan taklif va jamoasining rejalari haqida fikrlarini bildirdi.
- "Rubin"ga o‘tishim juda oddiy yuz berdi. Ular menga yozda taklif bilan chiqqan edi. Ammo klubim bilan shartnomam borligi sababli "Navbahor"da qolishga qaror qildim. Rus klubiga yozda ketsam ham bo‘lardi. Murabbiylar bilan kelishgan holda yilni yakuniga yetkazishga qaror qildik. Keyinchalik yana "Rubin" shartnoma taklif qildi va biz yanvarda imzolashga gaplashib oldik.
To‘g‘risini aytsam Slutskiyning o‘zi jamoaga taklif qilgandi. To‘g‘ri muammolar bo‘ldi. Murabbiy o‘z xohishi bilan iste’foga chiqqanini aytishdi. Ochig‘i hayron qoldim. O‘zi istab olib kelgan o‘yinchilar, tarkibni kuchaytirishga qilgan harakati bois iste’fo yuz bergani baribir g‘alati tuyuldi. U ketganidan so‘ng "Rubin" bilan yana gaplashdik. Rejalar o‘zgarmagani bilan qiziqdik. Nafaqat murabbiy, balki klub ham jamoaga kelishimni istaganini aytishdi. Rejalar o‘zgarmadi. "Rubin"ga borib qo‘shilaman, - deydi Rustam Ashurmatov. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi