10:33 / 08.12.2022
1 967

Mourino Shomurodovga yana bir imkon beradigan bo‘ldi, keyin esa...

Mourino Shomurodovga yana bir imkon beradigan bo‘ldi, keyin esa...
“Roma” futbolchilari ayni paytda Joze Mourino tomonidan e’lon qilingan ta’tilda hordiq chiqarmoqda.
Qariyb ikki haftalik ta’tildan keyin o‘yinchilar klub qarorgohida yig‘ilib, joriy yildagi so‘nggi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazish uchun Portugaliyaga yo‘l oladi.

Joze Mourino tarkibdagi o‘zgarishlarni aynan o‘z yurtidagi yig‘inda amalga oshirishi odat tusiga kirgan. Yozda ham shunday bo‘lgan edi. Transferlar oynasi vaqtida Eldor Shomurodovni klubda qolishga ko‘ndirgan bosh murabbiy mavsumoldidan Portugaliyada tashkil qilingan yig‘inda o‘zbek futbolchisining harakatlaridan qoniqmaganini aytib, uni zaxiraga mixlab qo‘ygandi.

Eldor Shomurodov shundan beri asosiy tarkibga kiritilmayapti. Hozir ham xuddi yozdagidek o‘zbek hujumchisining klubdan ketishi haqidagi xabarlar tinimsiz e’lon qilinmoqda.

Italiyaning eng nufuzli nashri La Gazzetta dello Sport gazetasining yozishicha, Joze Mourino Eldor Shomurodov masalasini yana Portugaliyadagi yig‘inda o‘ylab ko‘rishga qaror qilgan. Legionerimiz Yaponiya tashkil etilgan ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida qatnashgandi. “Yokogama Marinos”ga qarshi ikkinchi bahsda to‘p kiritib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Shu bois, Joze Mourino balki unga yana imkoniyat berish kerakligini Portugaliyadagi o‘rtoqlik o‘yinlarida yana bir bor sinab ko‘rmoqchidek tuyulmoqda.

Portugaliyaning Algavre shahridagi bazada “Roma” futbolchilari texnik, taktik, jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlaridan tashqari, o‘yin amaliyotini yaxshilash uchun uchta o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Bu bellashuvlarda futbolchilar Joze Mourino boshchiligidagi murabbiylar shtabi vakillariga rasmiy uchrashuvlarga tayyor ekanliklarini namoyish qilib berishlari talab qilinadi.

“Roma” birinchi bo‘lib, 16 dekabr kuni Ispaniya chempionati vakili “Kadis” futbolchilari bilan kuch sinashadi.

Ikkinchi o‘rtoqlik bahsi Portugaliyaning mahalliy “Kasa Pia” jamoasiga qarshi o‘tkaziladi.

Bir haftalik yig‘inning oxirgi o‘rtoqlik uchrashuvi mavsumning ikkinchi qismiga Portugaliyada hozirlik ko‘rayotgan Niderlandiyaning “Vaalveyk” klubiga qarshi tashkil etiladi.

Italiya matbuoti agar Eldor Shomurodov bu yig‘inda Joze Mourinoning fikrini o‘zgartira olmasa, sport direktori Tyagu Pinto unga xaridor bo‘layotgan klublar bilan muzokara boshlashini yozmoqda.

Manbalarning ta’kidlashicha, Eldorga “Monsa”, “Kremoneze”, “Sampdoriya”, “Torino”, “Bolonya”, “Spetsiya” kabi klublar shartnoma berishga tayyor. Tyagu Pinto birinchilardan bo‘lib “Sampdoriya” bilan muzokara qilishni rejalashtirmoqda. Ikkinchi variant sifatida Shomurodovga anchadan beri qiziqib kelayotgan “Torino” tilga olinmoqda.

Shomurodovning o‘zi yaqinda A Seriya autsayderlaridan biri – “Kramoneze” jamoasi taklifini qabul qilmagan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mourino Shomurodovga yana bir imkon beradigan bo‘ldi, keyin esa...