21:28 / 10.12.2022
1 281

Superliga formati o‘zgarishiga qaysi klublar qarshilik qildi?

Superliga formati o‘zgarishiga qaysi klublar qarshilik qildi?
Shu yilning 19 sentyabr kuni Superliga klublari bosh murabbiylari o‘yinlar sonini oshirish borasida taklif kiritgach, O‘zbekiston Professional futbol ligasi bu borada o‘z variantini jamoatchilikka taqdim qilgandi.

Mazkur taklif chempionatning 7 ta klubini qanoatlantirdi, yana 7 ta klub esa unga qarshi ovoz berdi. AGMK, «Turon», «Andijon», «Olimpik», «Neftchi», «So‘g‘diyona», «Qizilqum» klublari yangi formatda to‘p surishni yoqladi. AGMK va «Andijon» bu borada kichik o‘zgarishlarni nazarda tutuvchi yaxshi takliflar ham kiritdi. «Metallurg», «Paxtakor», «Navbahor», «Nasaf», «Bunyodkor», «Surxon», «Buxoro» klublari esa yangi formatga qarshi ovoz berdi.

16 dekabr kuni O‘zPFL Ijroqo‘mining 2022 yildagi so‘nggi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Unda 2023 yilgi mavsum uchun kiritilayotgan o‘zgarishlar to‘liq muhokamaga qo‘yiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga formati o‘zgarishiga qaysi klublar qarshilik qildi?