22:03 / 10.12.2022
2 120

Mana sizga sensatsiya! Marokash Ronaldu va Portugaliyani chorak finalda qoldirib ketdi

Mana sizga sensatsiya! Marokash Ronaldu va Portugaliyani chorak finalda qoldirib ketdi
Jahon Chempionati chorak finalidan o‘rin olgan Marokash - Portugaliya uchrashuvi yakuniga yetdi. Mazkur bellashuvda afrikaliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Yusuf En-Nesiri urgan gol bellashuv taqdirini hal qildi. Shuningdek, 90+3-daqiqada Valid Sheddira qizil kartochka oldi.

Shu tariqa, Portugaliya o‘z yurishini chorak finalda to‘xtatadigan bo‘ldi. Marokash esa yarim finalda Angliya - Fransiya juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadi.

JCH-2022
1/4 final

Marokash – Portugaliya 1-0
Gol
: Yussef En-Nesiri - 42'
Marokash – Bunu, Hakimi, Saiss, El-Yamik, Attiyyat-alla, Amrabat, Amalla, Unai, Ziyesh, Bufal, En-Nesiri.
Portugaliya – Diogu Koshta, Diogu Dalot, Pepe, Ruben Diash, Gerreyru, Otavio, Bernardu Silva, Ruben Nevesh, Brunu Fernandesh, Joau Feliks, Gonsalu Ramush.
Ogohlantirishlar: Dari (70), Vitinya (87), Sheddira (90).
Chetlatish: Sheddira (90).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mana sizga sensatsiya! Marokash Ronaldu va Portugaliyani chorak finalda qoldirib ketdi