
Foto: Sorin Furcoi/Al Jazeera
Belgiya politsiyasi maxsus reyd davomida Bryusseldagi 16 ta turar-joy va ofis binolarida tintuv o‘tkazdi. Shuningdek, to‘rt kishini hibsga oldi. Ular orasida Yevroparlamentning sobiq va amaldagi deputatlari ham bor.
Huquq-tartibot idorasi hibsga olinganlarning ismini oshkor qilmayapti, biroq turli manbalarga ko‘ra, ular orasida Yevropaparlament vitse-prezidenti, gretsiyalik Yeva Kayli, Yevropaparlamentning sobiq deputati, italiyalik Antonio Pancheri va Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasi bosh kotibi Luka Visentini bor.
Ularning barchasi Qatar-2022 jahon chempionatini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq korrupsiyada gumon qilinmoqda.
Belgiya politsiyasi fikriga ko‘ra, hibsga olinganlar pora evaziga nufuzli musobaqaga aynan Qatar mezbonlik qilishiga hissa qo‘shgan. Shuningdek, ular boshqa deputatlarga, jumladan, Yevropa Ittifoqining Qatarga nisbatan siyosatiga ham ta’sir o‘tkazgan.
Xabar qilinishicha, Pancherining uyidan 500 ming yevro naqd pul solingan jomadon topilgan.
Belgiya prokuraturasining ta’kidlashicha, «Federal sud politsiyasi tergovchilari Qatarni Yevroparlamentning iqtisodiy va siyosiy qarorlariga bir necha oy davomida ta’sir etganlikda gumon qilishmoqda».
Endi Qatar davlati «Yevroparlamentda muhim siyosiy va strategik maqomga ega amaldorlarni ta’qib qilish, ularga katta miqdordagi pul va qimmatbaho narsalarni berish»da ayblanmoqda.
Belgiya PolitsiyasiQatar-2022 KorrupsiyaYevroparlament DeputatlariPora EvazigaMusobaqa TashkilotiHuquq-Tartibot Idorasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar