Futbol bo‘yicha JCH—2022 chorak finalida Fransiya va Angliya terma jamoalari 10 dekabr, shanba kuni o‘zaro bahs olib bordi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida Orelen Tchuameni jarima maydoni tashqarisidan gol urib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limda esa Harri Keyn penaltidan foydalanib, javob qaytardi. 78-daqiqada Olive Jiru fransuzlarning ikkinchi goli muallifiga aylandi.
84-daqiqada Keyn yana bir bor penalti tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi va bu safar uni aniq amalga oshira olmadi. Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va Fransiya g‘alaba qozondi.
Shu tariqa Fransiya yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi va ushbu bosqichda Marokash bilan bahs olib boradi.
JCH—2022
1/4 final bahsi
Angliya — Fransiya 1:2
Gollar: 0:1 – 17 Tchuameni, 1:1 – 54 Keyn (penalti), 1:2 – 78 Jiru.
Angliya: Pikford, Uoker, Maguayr, Stounz (Grilish, 90+8), Shou, Henderson (Maunt, 79), Rays, Bellinghem, Foden (Reshford, 85), Saka (Sterling, 79), Keyn.
Fransiya: Loris, Kunde, Varan, Upamekano, Ernandes, Rabo, Tchuameni, Jiru, Grizmann, Dembele (Koman, 79), Mbappe.
Ogohlantirishlar: Grizmann (43), Dembele (46), Ernandes (82), Maguayr (89). “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi