
Foto: Boks federatsiyasi
Boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining erkaklar o‘rtasidagi final bahslari start oldi.
Unda - 51 kg vazn toifasida Hasanboy Do‘stmatov Fayozbek Do‘stmatovga qarshi jangda ishtirok etishi lozim edi. Biroq Fayozbek yarim finaldagi qo‘pol harakati uchun finaldan chetlatildi va Hasanboy chempionlikni qo‘lga kiritdi.
- 48 kg vazn toifasida Nodirjon Mirzaahmedov farg‘onalik Shodiyor Meliqo‘ziyevga qarshi ringga chiqdi va g‘alaba qozondi.
- 54 kg vazn toifasida Buxoro vakili Shahzod Muzaffarov finalda Oybek Jo‘rayevni mag‘lub etib, oltin medal sohibiga aylandi.
- 57 kg vazn toifasida Miraziz Mirxalilov Samandar Xolmurodov ustidan zafar quchdi va chempionga aylandi.
- 60 kgda Dilshod Abdumurodov Aydos Tagaybayevni mag‘lub etdi.
Boshqa vazn toifasidagi janglar davom etmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar