22:11 / 14.12.2022
1 605

Anzur Ismoilov: "Muxlislik uchun jamoa tanlashda ayolim va bolalarim meni mag‘lub etishdi"

Anzur Ismoilov: "Muxlislik uchun jamoa tanlashda ayolim va bolalarim meni mag‘lub etishdi"
Anzur Ismoilov Jahon chempionatida kimga muxlislik qilmoqda?

"Lokomotiv" jamoasi shifokori Abror Pirriyev o‘zining telegram kanalida quyidagi postni e’lon qildi.

Jahon chempionatida bugunga belgilangan bahs haqida o‘yladim-u: Kim, qachondan buyon Marokashga muxlislik qilayotganini bilmadim-u, lekin Anzur Ismoilov avvalboshdan shu termaga ishqibozlik qilayotgani aniq, degan o‘y xayolimdan o‘tdi. Chunki marokashlik turmush o‘rtog‘i vatan jamoasiga muxlislik qilib turgandan keyin...

Taxminimni tekshirib ko‘rish uchun Anzurga qo‘ng‘iroq qildim: — Albatta Marokashga, – dadil javob berdi u. Suhbat bahonasida oila davrasidan sal chetroqqa o‘tdi shekilli, gurung oxirida qo‘shib qo‘ydi:

– Turmush o‘rtog‘im va bolalarimga qo‘shilib men ham Marokash tomonman deb tursam-da, aslida o‘zim Braziliyaga muxlislik qilayotgandim. Buni qarang, qovun tushirib qo‘yishdi. Endi esa faqat Marokash deb turibman. Xullas, muxlislik uchun jamoa tanlashda ayolim va bolalarim meni mag‘lub etishdi...

Yana qancha to‘pteparimiz muxlis jamoa masalasida turmush o‘rtog‘iga yutqazdi ekan, a..?

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Anzur Ismoilov: "Muxlislik uchun jamoa tanlashda ayolim va bolalarim meni mag‘lub etishdi"