«UzReport TV» Yevropa ligasi finalini jonli efirda namoyish qiladi


“UzReport TV” telekanalidan yana bir syurpriz! Ko‘p sonli futbol muxlislarining talab va istaklarini inobatga olgan holda, 18 may kuni bo‘lib o‘tadigan Yevropa Ligasi finali ham eksklyuziv tarzda telekanalimiz orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi.
Shu kuni Shveytsariyaning Bazel shahrida Angliyaning “Liverpul” va Ispaniyaning “Sevilya” klublari o‘zaro kuch sinashadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi.
“UzReport TV” telekanali mazkur o‘yinga bag‘ishlangan translyatsiyani soat 21:45dan boshlaydi. Yevropa Ligasi finalidan avval bo‘lib o‘tadigan barcha rasmiy marosim va tadbirlar muxlislar e’tiboriga jonli efirda havola qilinadi.
Ushbu final uchrashuvi “UzReport TV” telekanalida Yevropa Ligasi o‘yinlari translyatsiyasini boshlab beradi. 2016/17 yilgi mavsumdan boshlab Yevropa Chempionlar Ligasi bilan bir qatorda, Yevropa Ligasi uchrashuvlari ham telekanalimiz orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi.
“UzReport TV” telekanalida syurprizlar mavsumi davom etadi!..
Manba: Stadion.uz































Izohlar 0
…