date
views 1 568

Saidyoqub Qahramonov UFC’dagi uchinchi jangida Said Nurmagomedovga yutqazib qoʻydi (video)

Saidyoqub Qahramonov UFC’dagi uchinchi jangida Said Nurmagomedovga yutqazib qoʻydi (video)
Oʻta engil vazn toifasi vakili Saidyoqub Qahramonov (10-3) Oʻzbekiston vaqti bilan 18 dekabr tongida UFC’dagi uchinchi jangida ishtirok etdi.

Oʻzbekistonlik sportchiga mazkur musobaqada Rossiya vakili Said Nurmagomedov (17-2) raqib boʻldi.

Birinchi raund toʻliq Saidyoqubning ustunligida oʻtdi. Ikkinchi raundda ham faollik Qahramonov tomonida edi, biroq Nurmagomedov raund oʻrtasida raqibini boʻgʻish usuli bilan taslim etdi.

Shu tariqa Qahramonov UFC’dagi ilk va faoliyatidagi uchinchi magʻlubiyatni qabul qilib oldi.

Saidyoqub promoushenda bundan avvalgi jangini iyul oyida oʻtkazib, unda Ronni Lourensni magʻlubiyatga uchratgandi. Unga qadar Qahramonov UFC’dagi debyut jangini Guam vakili Trevin Jonsga qarshi oʻtkazib, raqibini boʻgʻish usuli bilan magʻlub etgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport
-->