
Argentina terma jamoasi hujumchisi Xulian Alvares “Manchester Siti”dagi ustozi Xosep Gvardiolaning JCH-2022 bo‘yicha qilgan bashorati haqida gapirdi.
- “Manchester Siti”dagi ilk kunlarimdan birida Pep, Rodri va portugaliyalik futbolchilar jahon chempionatida g‘alaba qozonishi mumkin bo‘lgan jamoalarni muhokama qilishardi. Men jim qoldim.
Ular Portugaliya, Fransiya haqida gapirishdi. Pep esa: "Bilasizmi, kimda eng yaxshi imkoniyat bor?" Keyin esa menga ishora qildi, - deydi 22 yoshli futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Alvares mundialning 7 ta o‘yinida raqiblar darvozasiga 4 ta gol urdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar