Foto: Reuters
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantino jahon chempionatlarini har uch yilda bir marta o‘tkazish tarafdori.
Daily Mail xabariga ko‘ra, Infantinoning g‘oyasiga 18 noyabr kuni Qatarda yakunlangan JCH-2022 musobaqasining tijoriy va sport muvaffaqiyati sabab bo‘lgan. Turnirdan tushgan daromad rekord darajadagi 7,1 milliard yevroni tashkil etdi, bu 2018 yilda Rossiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatidagidan deyarli 1 milliardga ko‘pdir.
Qayd qilinishicha, 2030 yilgacha hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi, chunki ushbu sanining oxirigacha xalqaro taqvim bo‘yicha muzokaralar yakunlangan.
Hozirda jahon chempionatlari an’anaviy tarzda har to‘rt yilda bir marta o‘tkazilmoqda.
Oldinroq Infantino jahon chempionatlarini har ikki yilda bir marta o‘tkazishni taklif qilgan edi. Biroq, bu taklif taqvim tig‘izligi sabab mutaxassislar, murabbiylar va futbolchilar tomonidan keskin tanqid qilindi.
2026 yilgi jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksikada o‘tkaziladi. Unda 48 ta milliy jamoa ishtirok etadi. 2030 yilgi jahon chempionati mezboni hali saylanmadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Yaponiyalik keksalar o‘qiydi, muloqot qiladi, televizor ko‘rmaydi yoxud uzoq umr ko‘rish yana nimalarga bog‘liq?
iPhone'ning yangi funksiyasi politsiyachilarning zarariga ishlamoqda
Tramp g‘alaba nutqida amerikalik yahudiylarni tilga olmadi
Kiselyov: Putinni tushunsak, dunyoda sodir bo‘layotgan jarayonlarni tushunamiz
Rossiya prezidentining "Valday"dagi nutqidan asosiy fikrlar
Kadastr agentligi aholiga murojaat bilan chiqdi
“Roma”ning o‘yinini kuchaytirgan va ikkita golda ishtirok etgan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?