O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeyev faoliyatini Rossiya premer-ligasida davom ettirishga yaqin turibdi.
29 yoshli futbolchimiz mavsumni Qozog‘iston chempionatida “Tobol” jamoasi safida o‘tkazdi. Kustanayliklar chempionatni uchinchi o‘rinda yakunladi. Bronza medalni qo‘lga kiritgan Igor Sergeyev 26 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini to‘qqiz marotaba ishg‘ol qilib, jamoasining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.
Bundan tashqari, Igor Sergeyev joriy mavsumda Yevropa Chempionlar ligasi saralash turnirida ikkita o‘yinda bitta gol urdi. Qozog‘iston kubogida ikkita bahsda raqiblar darvozasini ikki marotaba aniq nishonga oldi.
Igor qayd etayotgan natijalar Rossiya jamoalari e’tiboriga tushdi. Xususan, Moskvaning “Torpedo” jamoasi yozda o‘zbekistonlik legionerga og‘iz solgan edi. Biroq, o‘shanda chempionlik uchun kurashayotgan “Tobol” asosiy hujumchisini qo‘yib yubormadi.
“Torpedo” Igor Sergeyevga bo‘lgan qiziqishni yo‘qotgani yo‘q. Moskvaliklar hamon uni o‘z safiga qo‘shib olishni istayapti. Biroq, bu transferning amalga oshishiga Igor Sergeyev maoshining kattaligi to‘sqinlik qilmoqda.
Igor Sergeyev Qozog‘iston premer-ligasining eng qimmatbaho futbolchisi hisoblanadi. Transferlarga ixtisoslashgan Transfermarkt portali tarqatgan xabarga ko‘ra, mavsum yakunida hamyurtimizning narxi 300 ming yevroga pasaygan bo‘lsa-da, umumiy hisobda 1,4 mln yevroga baholangan.
Shu o‘rinda, “Torpedo”ning yuqori divizionda raqobatlashishga kuchi yetmayotganini ta’kidlash lozim. Poytaxtliklar 17 ta uchrashuvda bitta g‘alaba va uchta durang qayd etib, olti ochko bilan so‘nggi pog‘onaga tushib qolgan.
Klub rahbariyati chempionatning ikkinchi yarmida xavfli zonadan chiqish va premer-ligadagi joyini saqlab qolish uchun kurashishni mo‘ljallagan. Bu borada tarkib sezilarli darajada kuchaytirilishga muhtoj.
Moskva klubi safida O‘zbekiston milliy terma jamoasining yana bir vakili – Hojimat Erkinov ham to‘p tepmoqda. “Torpedo” hujumkor futbolchimizni yozda “Paxtakor”dan 150 ming yevroga transfer qilgan edi.
21 yoshli universal o‘yinchi moskvaliklar bilan 2025 yilning yarmigacha shartnoma imzolagan. Hojimat qisqa fursatda jamoaning yetakchilari qatoriga qo‘shildi. Bu mavsum premer-liga va Rossiya kubogida jami 18 marotaba maydonga tushdi.
Igor Sergeyev ham Hojimat Erkinov singari aslida “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Biroq, tajriba bobida Igor ancha kuchli. Sergeyev faoliyati davomida O‘zbekiston va Qozog‘istondan tashqari, Xitoy hamda Birlashgan Arab Amirliklari chempionatlarida ham o‘ynagan.
Igor Sergeyev O‘zbekiston milliy terma jamoasida 67 marotaba maydonga tushib, 19 ta gol muallifi bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...