
Foto: RIA Novosti
Rossiya futbol ittifoqi (RFS) OFKga ehtimoliy o‘tish bo‘yicha ovoz berish jarayonlarni keyinga qoldirdi.
O‘tgan haftada RFS prezidenti Aleksandr Dyukov 27 dekabr kuni OFKga o‘tish masalasi bo‘yicha qaror qabul qilinishini ma’lum qilgandi.
«Rossiya futbol ittifoqi UYEFAni tark etish va OFKga o‘tish masalasi bo‘yicha ijroqo‘m yig‘ilishini keyinga qoldirishga qaror qildi. Ushbu kechiktirishga Rossiyaning OFKga o‘tishi bilan bog‘liq qo‘shimcha maslahatlarni olish zarurati sabab bo‘ldi.
So‘rovnoma 2022 yilning 31 dekabriga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan», — deyiladi RFS aloqa xizmati xabarida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar